Axborot nizomi – “Sohani rivojlantirish va ISATCOVE’ni joriy etish uchun O‘zbekiston va Qozog‘istondagi yetakchi professional ta’lim muassasalarini kasbiy takomillashuv masalalarida qo‘llab-quvvatlash”

Kelse shahrida joylashgan EPRD Biuro Polityki Gospodarczej i Rozwoju Regionalnego Sp. z o.o. (EPRD), nazoratchi ETF nomidan shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlovchi vazifasini bajarib, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha yangi majburiyatlarga rioya qilish maqsadida (Yevropa Parlamenti va Kengashining (YI) 2016/679-sonli Reglamenti, GDPR deb ataladi), sizga shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash haqida majburiy ma’lumotni havola qiladi. Shuningdek, EPRD sizga istalgan vaqtda ma’lumotlaringizga kirish, ularni tuzatish, qayta ishlashni cheklash yoki EPRD shaxsiy ma’lumotlar faylidan o‘chirib tashlashni talab qilish huquqiga ega ekanligingizni ma’lum qiladi. Yuqoridagi huquqlarni qo‘llash uchun biz bilan elektron pochta orqali bog‘laning.

DMI boshchiligidagi kompaniyalar konsorsiumi tomonidan 2016 yil 27 apreldagi Ma’lumotlarni Himoya Qilish bo‘yicha Umumiy Reglamentning (GDPR) 13-moddasiga (OJ L 119, 4.5.2016) muvofiq amalga oshirilayotgan “ISATCOVE – yo‘naltirilgan holda amalga oshirish” loyihasi doirasidagi tadbir ishtirokchilari uchun axborot nizomi.

Quyidagilarga e’tiboringizni qaratamiz:

  1. Shaxsiy ma’lumotlaringizning nazoratchisi ETF, shaxsiy ma’lumotlaringizning ishlovchisi esa EPRD Biuro Polityki Gospodarczej i Rozwoju Regionalnego Sp. z o.o. bo‘lib, uning yuridik manzili: Shkolna ko‘chasi, 36A uy, Kelse shahri (pochta indeksi: 25-604), telefoni: +48 41 345 32 71, elektron pochta manzili: iod@eprd.pl (bundan keyingi o‘rinlarda “EPRD”).
  2. Shaxsiy ma’lumotlaringiz ETF va DMI konsorsiumi o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq loyiha doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, vebinarlarni tashkil etish va o‘tkazish maqsadida to‘planadi va qayta ishlanadi.
  3. EPRD, Ma’lumotlarni Himoya Qilish bo‘yicha Umumiy Reglamentning (GDPR) 24-moddasiga muvofiq, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish siyosatiga ega.
  4. GDPR Reglamentining 6-moddasi 1-bandi c-qismiga muvofiq, shaxsiy ma’lumotlaringiz tasvirlardan foydalanish va (yoki) ma’lumotlarni boshqa tashkilotlarga uzatish maqsadida qayta ishlanadi (masalan, tashqi buxgalteriya ofisi, tashqi auditorlik ofisi, joylashtirish xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotlar, marketing va loyihani targ’ib qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va boshqalar).
  5. Uchrashuvlar va tadbirlar aloqa va ETF loyihalarini amalga oshirish maqsadida yozib olinadi. Tadbirlar davomida – ham real vaqt rejimida, ham jonli internet-translyatsiya doirasida – ma’ruzachilar, tarjimonlar, tashkilotchilar va ishtirokchilarning audiovizual tasvirlari olinadi, shuningdek, ma’ruzachilarning fotosuratlari va ishtirokchilar hamda tashkilotchilarning panoramali suratlari olinadi, ular ushbu va boshqa ehtimoliy ETF loyihalari doirasida e’lon qilinadi.
    Vebinarlarda ishtirok etish ishtirokchilarning tadbirni yozib olish va jonli efirga uzatishga tan olinishi va roziligini anglatadi. Vebinarlarga qo‘shilish orqali ishtirokchilar audio, video va har qanday o‘zaro harakatlar yozib olinishi, ijro etilishi va tarqatilishiga rozilik bildiradilar:
    a) ETF: axborot, reklama yoki arxiv maqsadlarida;
    b) EPRD: arxiv maqsadlarida.
    Agar ishtirokchi o‘z surati, qiyofasi yoki tashqi ko‘rinishi qayd etilishini yoki tarqatilishini istamasa, unga tadbir davomida kamerani o‘chirish va videotasvirlarni joylashtirmaslik tavsiya etiladi.
  6. Shaxsiy ma’lumotlaringiz ETF tomonidan belgilangan loyihani amalga oshirishning umumiy shartlariga muvofiq, ular olingan yoki siz tomoningizdan oxirgi marta yangilangan paytdan boshlab ko‘pi bilan 10 yil davomida saqlanadi. Ko‘rsatilgan muddat tugagach, shaxsiy ma’lumotlaringiz AT tizimlaridan butunlay o‘chirib tashlanadi, qog‘oz shaklidagi ma’lumotlar esa yo‘q qilinadi. Ma’lumotlar xizmat asoslari tugatilgandan so‘ng va rozilik bekor qilingunga qadar ham o‘chirib tashlanadi.
  7. GDPR reglamenti 6-moddasining 1-bandi f-qismiga muvofiq, shaxsiy ma’lumotlaringiz Nazoratchi yoki Ma’lumotlarni qayta ishlovchi tomonidan kuzatiladigan qonuniy manfaatlardan kelib chiqadigan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan darajada qayta ishlanadi (masalan, AT tizimlarini nazorat qilish).
  8. Siz ma’lumotlaringizga kirish, shuningdek, ularni tuzatish va (yoki) o‘chirish huquqiga egasiz – agar bu boshqa me’yoriy hujjatlarga zid kelmasa – yoki qayta ishlashni cheklash, shuningdek, e’tiroz bildirish, ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatishni to‘xtatishni talab qilish, istalgan vaqtda roziligingizni bekor qilish va Prezident huzuridagi shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri nazorat organiga shikoyat qilish huquqiga egasiz.
  9. Shaxsiy ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarning ruxsatsiz kirishidan himoyalangan. Kompyuter fayllariga nisbatan kriptografik himoya usullari, shuningdek, protokollashtirish va kirish parollari qo‘llaniladi. Shaxsga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlardan foydalanish faqat vakolatli shaxslarga zarur hajmda taqdim etiladi. Qog‘oz shaklidagi hujjatlar begona shaxslar kirishi mumkin bo‘lmagan joylarda saqlanadi.
  10. Shaxsiy ma’lumotlaringizni profillashtirish asosida avtomatik qarorlar qabul qilinmaydi.
  11. Shaxsiy ma’lumotlaringiz ETF yoki EPRD va uchinchi tomon o‘rtasida ma’lumotlarni qayta ishlash kelishuvi asosida hamkor kompaniyalar tomonidan qayta ishlanishi mumkin. Bunday kelishuv tuzilgan taqdirda, shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi tomonga berish niyati haqida sizga elektron pochta orqali xabar beriladi.
  12. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilikni quyidagi manzilga yuborish mumkin: iod@eprd.pl
  13. Qolgan ma’lumotlar esa ETF yoki EPRDning qonuniy manfaatlari asosida, ETF topshirig‘iga binoan loyihani amalga oshiruvchi tashkilot tomonidan qayta ishlanadi.